Iroq parlamenti Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan barcha moliyaviy faoliyatlarni ta'qiqladi

Parlament markaziy bankning Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi hududidagi filiallariga ega bo'lgan bank tuzilmalariga valyuta sotishni ta’qiqlab qo’ydi.

819817
Iroq parlamenti Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan barcha moliyaviy faoliyatlarni ta'qiqladi

Iroq parlamenti qonunga hilof ravishda mustaqillik referendumini o’tkazgan Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bilan barcha moliyaviy operatsiyalarning muzlatib qo'ylishiga doir taklifni qabul qildi.

Parlament bundan tashqari, markaziy bankning Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi hududidagi filiallariga ega bo'lgan bank tuzilmalariga valyuta sotishni ta’qiqlab qo’ydi.

Taklif matni parlamentning moliyaviy ishlardan mas’ul komiteti tomonidan tayyorlandi.

Shuningdek, parlamentdagi majlisga Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi deputatlarining qatnashishiga ruxsat berilmadi.

Parlament raisi Selim Juburiy bilan shiya milliy koalitsiyasi majlisda kurd hududida qonuniy kuchga ega bo’lmagan mustaqillik referendumida ovoz bergan deputatlarning daxlsizliklarini bekor qilish to’g’risida taklif kiritdi.

Parlament Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvidagi barcha deputatlarning deputatlik huquqini muzlatishga qaror berdi.

Bog’dod hukumati mazkur deputatlarning Iroq kurd mintaqaviy boshqaruviga qaytishini ham talab qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar