Kataloniya referendumining dastlabgi natijalari ma'lum bo'ldi

Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyati yetakchilari noqonuniy ravishda o’tkazilgan referendum natijalarini ma’lum qildi.

818499
Kataloniya referendumining dastlabgi natijalari ma'lum bo'ldi

Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyati yetakchilari noqonuniy ravishda o’tkazilgan referendum natijalarining 90 foiz ijobiy ovoz bilan yakunlanganligini ma’lum qildi.

Kataloniya jeneralitetining rasmiy vakili Jordi Turull, muxtoriyat jeneraliteti raisi o’rinbosari Oriol Junqueras va Tashqi ishlar vaziri Raul Romeva Barselonda uyushtirilgan matbuot anjumanida noqonuniy deb e’lon qilinishiga qaramay bo’lib o’tgan va Ispaniyadan bo’linishga atalgan referendum natijalarini e’lon qildi.

Turull,

“Referendum bo’lib o’tdi va berilgan ovozlarning hammasi hisoblandi” dedi.

Saylovchilarning 90.9 foizining ijobiy, 7.87 foizining esa salbiy ovoz berganligini eslatgan Turull ovozlarning 2.03 foizining bosh, 0.89 foizining esa yaroqsiz hisoblanganligini qayd etdi.

Roppa-rosa 2 ming 315 saylov uchastkasidan qariyb 400 tasining xavfsizlik kuchlari tomonidan bekitib qoyilganligiga e’tibor qaratgan Turull,

“Moddiy va manaviy ziyonlarni aniqlashimiz darkor. Biz hukumat sifatida hujumga uchragan 844 kishini to’lig’i bilan qo’llab-quvvatlaymiz. Ulardan 73 nafari jandarmeriya va politsiya kuchlari ustidan Sudga murojaat qildi” deya gapirdi. 

Turull Ispaniya hukumati va xavfsizlik kuchlarining aralashuvlarini tanqid qilgan holda, voqealardan markaziy hukumat va politsiya xodimlarining javobgar ekanligini ta’kidladi. 

Muxtoriyat jeneraliteti raisi o’rinbosari Oriol Junqueras,

“Kataloniya demokratiya va ovoz berishga bo’lgan ijobiy ko’z qarashini murakkab shart-sharoitga qaramay yaqqol ko’rsatdi. Jahon ommaviy axborot vositasi ham, politsiyaning ovoz berish huquqidan foydalanmoqchi bo’lgan fuqarolarga to’siqlik qilish uchun qanday kuch ishlatganligini butun ommaga yetkazdi” der ekan o’z so’zini: 

“Agar Kataloniya parlamenti shu qarorni qabul qilgan bo’lsa unda Kataloniya yangi Respublika qurish huquqini qo’lga kiritdi desak mubolag’a bo’lmaydi” deya davom ettirdi.

Aytib o’tish joizki Ispaniya hukumati ushbu referendumni tan olmayapti.



Aloqador xabarlar