Navbatdagi Suriya muzokaralarining bir oy ichida boshlashi rejalashtirilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibidagi davlatlarga, Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

815970
Navbatdagi Suriya muzokaralarining bir oy ichida boshlashi rejalashtirilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Suriya muzokaralarining navbatdagi bosqichining, bir oy ichida boshlashining rejalashtirilayotganligini ma’lum qildi.

Mistura, BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibidagi davlatlarga, Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi. 

Qozog’iston poyaxti Ostonada, sentabr oyining boshida bo’lib o’tgan muzokara natijasida Suriyada to’rtta “xavfsiz hudud” tashkil etilganligini eslatib o’tgan Mistura, bunga qaramay mamlakatda davom etgan to’qnashuvlar yuzasidan vaziyatning halagicha nozik ekanligi ta’kidladi.    

“Xavfsiz hudud”larning Suriyaning bo’linishiga yo’l ochmasligi, mamlakatning birligi va xududiy yaxlitligining batamom himoya qilinishi borasida kelishib olinganligiga to’xtalgan Mistura,

“Jenevadagi Suriya muzokaralarining navbatdagi shu jumladan, sakkizinchi bosqichi bir oy ichida, oktabr oyining oxiri noyabr oyining boshida boshlatilishi rejalashtirlmoqda” dedi.

Suriya rejimi va muxolifat guruhini muzokaralarda “oldindan shart qo’ymay” ishtirok etishga undagan Mistura, “rejimning muxolifat guruh bilan, samimiy ravishda muzokara qilish kabi javobgarchiligi”, muxolifat guruhining esa “muzokaralarda, bitta platformada, birgalikda ishtirok etish kabi javobgarchiligi” borligini qayd etdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari BMT Doimiy vakili Nikki Haley esa kengashda so’zlagan nutqida, Suriya muammosining faqatgina siyosiy yo’llar orqali hal qilinishi mumkinligini lekin bu vaziyatning Eronga, Bashar al-Asad yoki DEASh terror tashkiloti o’rniga o’tish imkoni bermasligi kerakligini ifodaladi.



Aloqador xabarlar