G’arbiy Sheriyada yahudiy aholi joylashtirilgan hududda otishma ro’y berdi

Falastinliklar tomonidan sodir qilingan hujumda uch yahudiy halok bo’lgan.

814377
G’arbiy Sheriyada yahudiy aholi joylashtirilgan hududda otishma ro’y berdi

Isroil ishg’oli ostida bo’lgan G’arbiy Sheriyada yahudiy aholi joylashtirilgan hududda otishma ro’y bergan.

Falastinliklar tomonidan sodir qilingan hujumda uch yahudiy halok bo’lgan.

Isroil qo’shin radiosi xabar qilishicha, qurolli kishi bir guruh falastinlik ishchilar bilan birga yahudiylar yashagan hududga pinxona kirib, qora niyatini amalga oshirgan.

Qurolli kishilar yahudiylar joylashgan aholi punktidagi qo’riqchilarga o’q uzgan.

Buning oqibatida isroillik kishi yaralangan.

Xabarga ko’ra, falastinlik qurolli kishi otishma paytida o’ldirilgan.



Aloqador xabarlar