Donald Tramp:"AQSh Shimoliy Koreyani yakson qilishga tayyor..."

Tramp barcha davlatlarni Shimoliy Koreyani butkul yadroviy qurolsizlantirish uchun zudlik bilan harakat qilishga chaqirdi.

815014
Donald Tramp:"AQSh Shimoliy Koreyani yakson qilishga tayyor..."

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Shimoliy Koreyani yakson qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tramp Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy bilan o’tkazgan matbuot anjumanida harbiy qaror Shimoliy Koreya uchun vayronagarchilikka olib kelishini aytdi.

Tramp barcha davlatlarni Shimoliy Koreyani butkul yadroviy qurolsizlantirish uchun zudlik bilan harakat qilishga chaqirdi. 

AQSh qurolli kuchlari Koreya yarim oroliga harbiy yurish qilishga tayyor ekanini tilga olgan Tramp: “Harbiy yurishga tayyormiz, lekin maqsadimiz bu emas. Buni ishga solsak, Shimoliy Koreya uchun dahshatli vayronagarchilik olib keladi”,-dedi.

Ispaniya terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan yaqin hamkorlik qilgani uchun Raxoyga minnatdorchilik bildirgan Tramp: “Shimoliy Koreyaning AQShdagi elchisini deport qilish qarori olinganini va vahshiy Shimoliy Koreya rejimiga bosim o’tkazish jarayonida qo’llab quvvatlagan Ispaniyaga minnatdorchilik bildiramiz”,-dedi.

Shimoliy Koreyaning atom dasturi butun dunyoga tahdid solganini tilga olgan Tramp bu davlatni atom quroldan tozalash uchun barcha davlatlar bir yoqadan bosh chiqarishi kerakligini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreyaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo’llagan Xitoyni taqdirlagan Tramp: “Asosan, Shimoliy Koreya bilan barcha bankchilik faoliyatlarini to’xtatgan Xitoyni taqdirlayman”,-dedi.

Darvoqe, AQSh Shimoliy Koreyaga oid 8 ta bank va asosan xorijda jumladan, Rossiya, Xitoy, Liviya va BAAda Shimoliy Koreya hukumati nomidan finans faoliyatlarini olib borgan Shimoliy Koreyaning 26 fuqarosini sanksiya ro’yxatiga kiritdi.

Bu qaror Hazina vazirligi tomonidan ham tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Amerika fuqarolari va tashkilotlarning Shimoliy Koreya banklari hamda sanksiya ro’yxatiga kiritilgan fuqarolari bilan finans faoliyatlarini olib borishni ta’qiqladi.

Eslatma: BMT xavfsizlik kengashi o’tgan hafta Shimoliy Koreya hukumatiga bir qator sanksiya va embargolarni joriy etuvchi qaror loyihasini bir ovozdan qabul qilgandi.

 



Aloqador xabarlar