Tolibon Afg’onistonning G’azni viloyatidagi nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi

Mahalliy xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, hujum oqibatida 5 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi, 8 nafar xavfsizlik xodimi yaralandi.

812890
Tolibon Afg’onistonning G’azni viloyatidagi nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi

Tolibon Afg’onistonning G’azni viloyati Qorabog’ tumanida joylashgan nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 5 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Mahalliy xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, hujumda 8 nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.

Tumanga qo’shimcha harbiy kuchning yetib kelishi bilan Tolibon jangarilari ortga chekingan.

Hujumdan so’ng, ro’y bergan otishmalarda Tolibon jangarilari ham zarar ko’rgan.

Tolibon esa, hujumda 7 nafar politsiya xodimi o’ldirilganini ma’lum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar