AQShda Koliforniya bosh prokurori Donald Tramp hukumatini sudga berdi

Sudga berilgan ariza AQSh bilan Meksika o’rtasidagi chegaraga quriladigan devorning insho etilishini oldini olishga qaratilgan.

811228
AQShda Koliforniya bosh prokurori Donald Tramp hukumatini sudga berdi

AQShda Koliforniya bosh prokurori Xavier Becerra Meksika chegarasiga devor qurishni rejalashtirgan Donald Tramp hukumatini sudga berdi.

Demokratlar partiyasidan bo’lgan bosh prokuror Xavier Becerra kecha sudga bergan arizasida federal hukumatning chegaraga quriladigan devor rejasi bilan atrof-muhit taftishlari va boshqa qonunlarni mensimasdan haddidan oshgani ilgari surilgan.

O’tgan hafta ayrim tashkilotlar tomonidan ham bunga o’xshash sabablar ko’rsatilib, Vashington hukumati sudga berilgan edi.

Sudga berilgan arizalarning ikkalasi ham chegaraga quriladigan devorning insho etilishini oldini olishga qaratilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh bilan Meksika o’rtasida devor qurilishiga qarshi chiqqanlarni Amerika xalqining xavfsizligini tahlikaga solganlikda ayblagan edi.

Tramp:“Byudjet tufayli xatto, hukumatni yopishga majbur bo’lsak ham bu devor albatta quriladi”,-degan edi.

Trampning bu mulohazalari Meksika chegarasini devor bilan to’silishiga qarshi chiqqan demokratlar va respublikachilarga do’q-po’pisa sifatida baholangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar