Arakanlik musulmonlar Bangladeshda esa ochlikga qarshi kurashmoqda

Myanmaning Arakan viloyatida Myanma armiyasi va budist aholi hujmidan qochib Bangladeshda jon saqlayotgan arakanlik musulmonlar endilikda ochlik xavfiga qarshi kurashmoqda. Chunki mintaqada ochlik xavfi kuchaygan vaziyatda.

809826
Arakanlik musulmonlar Bangladeshda esa ochlikga qarshi kurashmoqda

Myanmaning Arakan viloyatida Myanma armiyasi va budist aholi hujmidan qochib Bangladeshda jon saqlayotgan arakanlik musulmonlar orasida ochlik xavfi kuchaygan vaziyatda.   

Britaniyaning The Independent nashri tarqatgan ma’lumotga ko’ra Britaniyadagi “Bolalarni qutqaring fondi” (Save the Children) ning Bangladesh direktori Mark Pierce, Bangladeshga o’tgan yuz minglab arakanlik musulmonning oziq-ovqat, suv va boshpana jihatidan murakkab ahvolda ekanligiga e’tibor qaratib,

“Ko’plab inson och-suvsiz, charchagan vaziyatda Bangladeshga o’tmoqda” dedi.

Pierce,

“Men ayniqsa, yordamga muhtoj insonlar sonining ko’pligidan shu tufayli ham oziq-ovqat, boshpana, suv va eng asosiy ehtiyojlarining to’liq qondirilmaganligidan tashvishdaman. Agar oilalar eng asosiy ehtiyojlarini ta’minlay olmasa unda ahvol yana-da yomonlashib ketadi va bu vaziyat o’limlarga yo’l ochishi mumkin” deya gapirdi.  

Bangladeshdagi arakanlik musulmonlarga qaratilgan gumanitar yordam faoliyatlarining orttirilishi kerakligini ta’kidlagan Pierce o’z so’zini,

“Bu vaziyat faqatgina xalqaro hamjamiyatning moliyaviy yordam uchun faoliyat olib borishi orqaligina amalga oshishi mumkin” deya davom etdi. 

Fond tomonidan berilgan bayonotda ham shu yilning oxirigacha 1 milliondan ortiq arakanlik musulmonning  (ulardan 600 ming nafari yosh bola) Bangladeshga o’tishining tahmin qilinganligiga va ular orasidagi 600 nafar yosh bolaning yolg’iz va yordamga muhtojligi yuzasidan suiiste’mollik va kontrabanda xavfi ostida qolishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Fond bugungacha Bangladeshga o’tgan bir necha bolaning Arakanda, o’z ota onalarining o’ldirilganligiga guvoh bolganliklarini ham qayd etdi.

Aytib o’tish joizki Myanma armiyasining qurolli jangarilarga qarshi kurashi asosida Arakanda, tinch aholiga qarshi hujum qilindi va oqibatida joriy yilning 25-avgustidan beri minglab musulmon jon berdi. Myanma hukumatining mamlakatga kirish va chiqishlarga ruxsat bermayotganligi bois jon bergan tinch aholi sonini to’liq aniqlash hozirda imkonsiz vaziyatda. 

Hujumda qariyb 200ta qishloq, Myanma armiyasi va budist milliyatchilar tomonidan vayron qilindi. On minglab arakanlik musulmon o’zining xavfsizligi uchun haligacha mintaqadan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Myanmadan qochgan tinch aholi tog’lik hududlar, Naf daryosi yoki dengiz yo’li orqali Bangladeshga o’tmoqda.

Bangladeshga 25-avgustdan beri qariyb 400 ming arakanlik musulmon o’tdi. UNICEF, Myanmadan qochib Bangladeshda jon saqlayotganlar orasida 200 mingdan ortiq bolaning borligini ma’lum qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Myanma , #Arakan , #Bangladesh , #ochlik xavfi

Aloqador xabarlar