Irma dovuli soatiga 300 km tezlik bilan AQShga tomon ildamlamoqda

Florida, shimoliy va janubiy Karolinada favqulodda holat tartibi joriy etildi.

803479
Irma dovuli soatiga 300 km tezlik bilan AQShga tomon ildamlamoqda

Atlantika okeanida dovul mavsumi o’z kuchini ko’rsatmoqda.

Karib dengizida ko’tarilgan Irma dovuli soatiga 300 km tezlik bilan AQShga tomon ildamlamoqda.

Mamlakat janubida favqulodda holat tartibi joriy etildi.

Falokat yetib kelishi kutilgan hududlarda yashovchi aholi boshqa joyga evakuatsiya qilindi.

Florida, shimoliy va janubiy Karolinada favqulodda holat tartibi joriy etildi.

Mintaqada samolyot safarlari bekor qilindi.

Floridaning janubida yashovchi aholi majburiy ravishda boshqa joyga ko’chirilmoqda.

Turistlardan shtatni tark etishlari talab qilindi.

“Irma” dovuli Karib dengizidagi kichik Barbuda orolidagi deyarli barcha inshootlar va infratuzilmani vayron qildi.

Antigua va Barbuda orol davlati bosh vaziri Gaston Braunning aytishicha, hozirda orol yashashga yaroqsiz holga kelgan.

“Bu butkul vayronagarchilikdir. Orol tom ma’noda suv ostida qolgan. Fikrimcha, hozir Barbuda hayot uchun yaroqsiz”,- deb aytgan Braun.

Karib orollaridan yirikligi bo'yicha uchinchi o’rinda turgan orol Sen-Martenning janubida aeroport vayron bo'lgan.

Dovul oqibatida orol elektr ta’minotisiz qolgan. Karib orollarida tabiiy ofatdan jami 7 kishi halok bo'lgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Irma dovuli , #Florida , #tabiiy ofat , #falokat

Aloqador xabarlar