Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz 2018 yil boshida Vashingtonga tashrif buyuradi

Qirol Salmon AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo’lgan suhbati chog’ida bu haqda kelishib olgan.

802611
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz 2018 yil boshida Vashingtonga tashrif buyuradi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz 2018 yil boshida Vashingtonga tashrif buyuradi.

Qirol Salmon AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo’lgan suhbati chog’ida bu haqda kelishib olgan.

Oq uy Tramp va qirol Salmon muloqotiga doir yozma bayonot berdi.

“Tramp va Salmon Yaqin sharqda xavfsizlik va farovonlikni ta’minlash, mushtarak ustuvor yo’nalishlarni belgilash masalasini muhokama qildi. Qirol Salmon 2018 yilning birinchi oyida Oq uyga tashrif buyurib, Tramp bilan uchrashadi”,-deyiladi bayonotda.

Suhbatning qolgan tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Bundan oldin ham bir necha bor muloqot o’tkazgan ikki davlat rahbari o’tgan may oyida Saudiya Arabistonining poytaxti Riyadda uchrashgan edi.

Mazkur uchrashuvda ikki davlat o’rtasida jami 380 mlrd dollarlik qurol shartnomasi imzolangan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar