Guterres, Arakandagi xunrezlik yuzasidan BMTXKga maktub yo’lladi

Guterres, Myanmaning Arakan viloyatidagi xunrezlik yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo’lladi.

802014
Guterres, Arakandagi xunrezlik yuzasidan BMTXKga maktub yo’lladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres xalqaro hamjamiyatni, Arakandagi muammoning avj olmasligi va u yerda insoniy falokat yuz bermasligi uchun buning oldini olishga undadi.

Guterres, Myanmaning Arakan viloyatidagi xunrezlik yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo’lladi.   

Arakandagi xavf, insoniy vaziyat va huquq buzishlarning nihoyatda xavotirga yo’l ochganligini eslatgan Guterres, oxirgi besh yil ichida mintaqada “uchinchi yirik shiddat voqealari” ning yuz berayotganligiga e’tibor qaratdi.  

Myanma xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’l urilgan shiddat voqealaridan eng ko’p ayollar, bolalar va keksalarning ziyon ko’rganligini ifodalagan Guterres, maktubini quyidagicha davom etdi:

“Minglab kishi Bangladeshda jon saqlamoqda. Ulardan ba’zilari yarador va tezlik bilan gumanitar yordamga muhtoj. Minglab aholi esa chegarada va ba’zilari esa qochishga harakat qilar chog’ida yo’lda jon bergan. Eng achinarlisi huddi mana shu vaziyatning insoniy falokatga aylanib, Myanma chegarasining ortidagi tinchlikni xavf ostiga solishidir”.    

Xavfsizlikni ta’minlashdagi eng asosiy vazifaning Myanma hukumatiga oid ekanligini belgilab o’tgan Guterres, BMTXKni ham chora topishga undadi. Bu borada Guterres, shunday dedi:

“Xalqaro hamjamiyat Arakandagi vaziyatning oldini olish uchun muhim chora va tadbir o’ylab topishi zarur. Bu ularning burchi”.

UNICEF yoki BMTning Bolalar fondi ijrochi direktori Anthony Lake ham yozma ravishda bergan bayonotida, shu yilning 25-avgustidan beri Bangladeshga qochgan 125 mingdan ortiq arakanlik muhojirning 80 foizining ayollardan va bolalardan iborat ekanligini qayd etdi. 

Lake, UNICEFning Arakanning shimoliga borish yo’li yo’qligi tufayli avvallari psihologik yordamga muhtoj roppa-rosa 28 ming yosh bola bilan Buthidaung va Maungdaw mintaqalarida chalaqursoq kasalligi yuzasidan davolanayotgan 4 mingdan ortiq bolaga yetib borolmaganligini ifodaladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Antonio Guterres , #Myanma , #Arakan , #xunrezlik

Aloqador xabarlar