Prezident Erdo'g'an, terror orqali olib borilgan o'yinlarni ko'rganliklarini bildirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror tashkiloti orqali olib borilgan o'yinlarni endi ko'rganliklarini bildirdi.

799218
Prezident Erdo'g'an, terror orqali olib borilgan o'yinlarni ko'rganliklarini bildirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror tashkiloti orqali olib borilgan o'yinlarni endi ko'rganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo'g'an, Prezidentlik Kulliyasida 30-Avgust zafar bayrami tufayli berilgan ziyofatda so'zladi.

"Hudud bilan aloqali dolzarb o'zgarishlar haqida boxabarmiz. Terror tashkilotlari vositachiligida hududda o'yin o'ynaganlarini ko'rayapmiz va ilgari surganlarini qabul qilmaymiz" degan Erdo'g'an quyidagicha davom ettirdi; "Turkiyani, terror tashkilotlaridan foydalanib bosim qilishga harakat qilganlar, o'zlari qo'llarida portlashga tayyor bomba bilan qoladilar. Deash...Deash bu bir maqsad. Mana Deashning qo'lida ittifoqdoshlarimizning qurollari chiqmoqda. Bu qanday ittifoqdoshlik? bu qanday bir NATO sherikligi. Bu o'zlariga qaytadi" degani ifoda etildi.

"15 Iyul kuni millionlab insonimiz bilan bu haqiqatlarning guvohi bo'ldik" deb ifoda etgan Prezident Erdo'g'an, terror tashkilotlari va ularni ustimizga yuborgan xoinlar maqsadiga muvaffaq bo'la olmasligini bildirdi.

Erdo'g'an, "Chunki qahramon Mustafo Kamol Otaturk aytgani kabi, bizning millatimiz erkin. O'lkamizni ishg'ol etishga kelganlarga 'yo erkinlik yo o'lim' degan so'z aslida hur yashash irodamizni bayon etadi" dedi.

Hozirgi kunda ham ayni shaklda kurashganliklariga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Qarshimizdagi qora va qabih hujumlarga, biz tariximiz va madaniyatimizdan saboq olib o'z yo'limizga davom etamiz. Biz unlar kabi bo'lmaymiz. Biz vijdonimiz, adolat tuyg'umiz, haqqoniyatga ko'z yumib, faqat o'z manfaatlarimiz uchun ezib ota olmaymiz. Buning uchun Suriyadagi, Iroqdagi, Bolqonlardagi, Kafkazlardagi, Shimoliy Afrikadagi qardoshlarimizni bag'rimizga bosganimiz kabi Arakanda ham zulmga uchragan mazlumlarni yolg'iz qoldirmaymiz. Chunki dunyodagi yomonlikni imkoni boricha bartaraf qilishga, bunga kuchimiz yetmasa ifodalarimiz bilan, bu ham bo'lmasa yuragimiz bilan dastaklaymiz" dedi.

Prezident Erdo'g'an, asosan Suriya va Iroqda Turk millatining va hududdagi qardoshlarining kelajagi bilan aloqasi bo'lmagan bir qadam tashlanmasligini bildirib, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Faqat mudofaa sanoati sohasida emas, iqtisodiyot mavzusida ham bizga bosim qilgan changalni parchalaymiz." degan Prezident Erdo'g'an, so'ngi 4 yilda davomli uyushtirilgan hujumlarga, qopqonlarga qaramasdan Turk iqtisodiyotining o'sishga davom etganini bildirdi.



Aloqador xabarlar