AQShning janubi-sharqiga yopirilgan “Xarvi” to'foni 5 kishining hayotiga zomin bo’ldi

AQShning neft sanoati markazida ro’y berayotgan tabiiy ofat iqtisodiy jihatdan mamlakatni katta moddiy zararga olib kelishi kutilmoqda.

797892
AQShning janubi-sharqiga yopirilgan “Xarvi” to'foni 5 kishining hayotiga zomin bo’ldi

AQShning janubi-sharqiga yopirilgan “Xarvi” to'foni 5 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Tabiiy ofat asosan, Texas shtatida o’z kuchini ko’rsatmoqda. Shtatga qarashli Hyuston shahrini suv bosgan.

Qayd etilishicha, “Xarvi” dovuli shtatda 50 yilda bir marta kuzatilayotgan eng yirik tabiiy ofat bo'lib hisoblanmoqda.

Ayni vaqtda, shtatda 200 mingdan ortiq kishi elektr toki ta’minotisiz qolmoqda.

Texas hokimi Greg Abbott ma’lum qilishicha, shtatda jami 250 ta transport yo’li to’silgan, 19 ta shaharda tabiiy ofat tartibi joriy etilgan.

Ta’kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki Texasda 30 kishi bedarak yo’qolgani haqida xabarlar berilgan.

Mutahassislarning aytishicha, “Xarvi” to’foni chorshanba kunigacha Texasning janubi-sharqida o’z kuchini ko’rsatadi.

“Xarvi” to'fonining oqibatlarini bartaraf etish Texas shtatiga 40 mlrd dollarga tushishi mumkin.

AQShning neft sanoati markazida ro’y berayotgan tabiiy ofat iqtisodiy jihatdan mamlakatni katta moddiy zararga olib kelishi kutilmoqda.

Shtatdagi Hyuston, Dallas, Korpus Kristi, Austin va San Antonio shaharlaridagi aeroportlarda bir kunda kamida 1140 nafar samolyot reysi bekor qilingan.

Rasmiylar Hyuston shahrida yashovchi aholini uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Trampning seshanba kuni mamlakat janubi-sharqiga tashrif buyurib, vaziyatni tekshirishi kutilmoqda.

Kelgusi haftada shtatda yong’ingarchilik avj olishi va ortidan sel falokatining kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #"Harvi" to'foni , #Texas , #Xyuston

Aloqador xabarlar