Marokash qiroli qamoqdagi 415 mahbusni ozod etishga qaror berdi

Ozodlikka chiqadiganlar orasida 2003 yili Kasablankada amalga oshirilgan teraktlarga aloqador bo'lganlar ham bor.

793262
Marokash qiroli qamoqdagi 415 mahbusni ozod etishga qaror berdi

Marokash qiroli 6-Muhammad Xalq inqilobining 64 yilligi munosabati bilan terrorchilik faoliyatida aybdor deb topilgan va axloq-tuzatish kalonnalarida jazo o'tayotgan 415 kishini afv etishga qaror berdi.

 Bu haqda Marokash adolat vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bir mahbusga berilgan o'lim jazosi 30 yillik qamoq jazosi bilan almashtirilgan, ozodlikka chiqadiganlar orasida 2003 yili Kasablankada amalga oshirilgan teraktlarga aloqador bo'lganlar ham bor.

Eslatib o’tish joizki, 2003 yilning 16 may kuni Kasablanka shahrida sodir bo’lgan terrorchilik harakatida 42 kishi halok bo’lgan edi. Bulardan 8 nafari Yevropa Ittifoqi fuqarosi edi.

12 terrorchi voqea joyida o’ldirilgan, o’nlab kishi yaralangan edi.

Bu voqeadan so’ng, taxminan 3 ming kishi qo’lga olinib, turli jazolarga tortilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar