Guatemalada Roosevelt shifoxonasiga qurolli bosqin...

Shifoxona direktorining o’rinbosari ma’lum qilishicha, qurolli bosqinda 12 kishi jarohatlangan, bulardan biri yosh bola.

791546
Guatemalada Roosevelt shifoxonasiga qurolli bosqin...

O’rta Amerikada joylashgan Guatemalada Roosevelt shifoxonasiga bir guruh qurolli kishi bostirib kirdi.

Kimligi noma’lum bosqinchilar 7 kishini otib o’ldirdi.

Shifoxona direktorining o’rinbosari ma’lum qilishicha, qurolli bosqinda 12 kishi jarohatlangan, bulardan biri yosh bola. Yarador bolaning ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Bundan oldin ham shifoxonada bunga o’xshash voqealar kuzatilganini aytgan direktor o’rinbosari hukumatdan qo’shimcha xavfsizlik choralari olinishini talab qildi.

Politsiya xodimlari bosqinga aloqadorlikda gumon qilingan 5 kishini qo’lga oldi.

Bu kishilarning “Mara Salvatrucha” uyushgan jinoyatchi to’daga a’zo ekani aniqlandi.

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, qurolli bosqinchilar doktor nazoratidan o’tkazish maqsadida qamoqxonadan shifoxonaga olib borilgan Anderson Daniel Cifuentesni qutqarishni rejalashtirgan.

Anderson Daniel Cifuentes “Mara Salvatrucha” uyushgan jinoyatchi to’daning boshlig’i bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Guatemala , #O’rta Amerika , #shifoxona , #bosqin

Aloqador xabarlar