Shimoliy Koreya Guam oroli yaqinlarida roketa sinovini o’tkazmoqchi...

Shimoliy Koreya avgust oyigacha 4 ta o’rta masofali ballistik roketasi bilan AQShga tegishli harbiy baza joylashgan Guam orolini portlatishini ma’lum qilgandi.

790113
Shimoliy Koreya Guam oroli yaqinlarida roketa sinovini o’tkazmoqchi...

Shimoliy Koreya AQShning tinch okeanidagi Guam oroli yaqinlarida roketa sinovini o’tkazmoqchi.

Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari mamlakat prezidenti Kim Chen Inga bu haqda ma’lumot bergan.

Kim Chen In AQSh bilan Shimoliy Koreya o’rtasidagi ehtimoliy to’qnashuvni oldini olish tarafdori ekanini aytar ekan, qo’shinni urushga tayyor turishga chaqirdi.

Shimoliy Koreya lideri AQShni mintaqaga strategik atom qurollarni olib kelganlikda ayblar ekan, “Agar urush kelib chiqishini xohlamasa, Amerika hukumati o’z xatti-harakatlarini tuzatsin”,-dedi.

Reuters xabar agentligi ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In qo’shinning Guam orolini portlatish to’g’risidagi rejasini tasdiqlagan.

Eslatma: Shimoliy Koreya avgust oyigacha 4 ta o’rta masofali ballistik roketasi bilan AQShga tegishli harbiy baza joylashgan Guam orolini portlatishini ma’lum qilgandi.

AQSh mudofaa vaziri Jim Mattis: “Shimoliy Koreya AQShga zarba bersa, bu urushga olib keladi”,-deya ogohlantirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Shimoliy Koreya , #Kim Chen In , #roketa , #zarba

Aloqador xabarlar