Hasan Ruhoniy:“Donald Tramp AQShga loyiq prezident emasligini isbotladi”

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Vashington Eronga nisbatan “tahdidlar va sanksiyalar” siyosatini davom ettirsa, Eron atom kelishuvidan bosh tortishi mumkinligini aytdi.

790239

Hasan Ruhoniy bu haqda televideniyega bergan bayonotida gapirib o’tgan.

“Donald Tramp AQShga loyiq prezident emasligini isbotladi”,-deydi Hasan Ruhoniy o’z bayonotida.

U “Agar AQSh tahdid va sanksiyalarini davom ettirsa, Eron bir necha soat ichida atom kelishuvidan chiqishi mumkin”,-deydi.

“Bundan oldingi sanksiyalar muvaffaqiyatli bo’la olmadi”,-degan Ruhoniy bular keyinchalik muzokaralarda to’xtatilganini aytdi.

Eron 2015 yili tuzilgan atom kelishuvdagi mas’uliyatlarini to’la-to’kis ado etganini tilga olgan Ruhoniy: “Kelishuvdagi har qanday suiste’mollikka o’z me’yosida javob beramiz. Tahdid yo’lini tanlaganlar o’tmishdagi xom hayolining asiriga aylangan va tinchlikning foydalaridan o’zini mahrum qiladilar”,-dedi.

Eslatma: Eron majlisi AQShning sanksiyalariga javob sifatida, roketa dasturi uchun 520 mln dollar manba ajratilishi bilan bog’liq qonun taklifini tasdiqlagan edi.

Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hasan Ruhoniy , #AQSh , #sanksiya , #atom kelishuv

Aloqador xabarlar