Amerikalik diplomatlar Ko'rfaz inqirozini hal qilish uchun Qatarga keldi

Qatar amiri Shayh Temim Bin Hamad Al Sani amerikalik diplomatlarni qabul qildi.

786935
Amerikalik diplomatlar Ko'rfaz inqirozini hal qilish uchun Qatarga keldi

Ko'rfaz inqirozini hal qilishga yordam berish uchun mintaqaga jo'natilgan amerikalik diplomatlar Qatarda bir qator uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Qatar amiri Shayh Temim Bin Hamad Al Sani AQSh kotibi o'rinbosari voizi Timothy Lenderking va amerikalik pensioner general Antoni Zinnini qabul qildi.

Al Jazira televideniyesining xabariga ko'ra, Qatar amiri bilan amerikalik diplomatlar poytaxt Dohada uchrashdi.

Xabarda uchrashuv tafsilotlari haqida ma'lumot berilmadi.

Qatar rasmiy xabar agentligi QNA xabariga ko'ra, Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad Bin Abdurrahmon Al Sani ham amerikalik diplomatlar bilan uchrashgan.

Uchrashuvda Ko'rfaz inqiroziga doir o'zgarishlar va Qatarni qamal qilgan davlatlarning Qatar hukumatiga nisbatan tadbiq etgan nohuquqiy faoliyatlari muhokama qilingan.

Xabarga ko'ra, Qatar tashqi ishlar vaziri Al Sani amerikalik diplomatlar Qatarni to'liq qo'llab quvvatlaganini ma'lum qilgan.

Ko'rfaz inqiroziga chora ko'rish maqsadida mintaqaga kelgan amerikalik diplomatlar dushanba kuni Quvaytda bo'lgan edi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr hukumatlari 5 iyun kuni Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni to'xtatgach, Ko'rfaz inqirozi yuzaga kelgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Quvayt , #ko'rfaz inqirozi , #Doha , #Amerika , #diplomat

Aloqador xabarlar