Rossiyaning poytaxti Moskvada sud binosi oldida otishma...
Ria Novosti xabar agentligi ma'lum qilishicha, Moskva viloyat sudida "GTA bandasi" ishi bo'yicha sud majlisida ro'y bergan hodisada sudlanuvchi 11 kishidan 4 nafari o'ldirilgan.
781796

Rossiyaning poytaxti Moskvada sud binosi oldida otishma ro'y berdi.
Otishmada 4 kishi halok bo'lgan.
Ria Novosti xabar agentligi ma'lum qilishicha, Moskva viloyat sudida "GTA bandasi" ishi bo'yicha sud majlisida ro'y bergan hodisada sudlanuvchi 11 kishidan 4 nafari o'ldirilgan.
Xabarga ko'ra, otishmada 2 kishi yaralangan.
Voqea joyiga qo'shimcha xavfsizlik kuchlari safarbar etilgan bo'lib, sud binosi bo'shatilgan.
O'ldirilgan 4 kishining "GTA bandasi" ga a'zo bo'lgani ma'lum qilingan.