Shimoliy Koreya AQShga kutilmagan yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi

Koreya urushi yakunlanganining 64 yilligini nishonlash arafasida Pxenyanda tantanali yig'ilish bo'lib o'tdi.

778453
Shimoliy Koreya AQShga kutilmagan yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya AQShga kutilmagan yadroviy zarba berish bilan takror tahdid qildi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma`lumotlariga ko'ra, Koreya urushi yakunlanganining 64 yilligini nishonlash arafasida Pxenyanda tantanali yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Shimoliy Koreya xalq qurolli kuchlari vaziri Pak Yon Sik nutq so'zlagan.

"Agar, dushmanlar Shimoliy Koreyaning strategik holatini yetarlicha baholamay, o'zlarining ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish g'oyasini qo'llab-quvvatlasalar, yengilmas Pektusan inqilobiy armiyasi hech qanday ogohlantirishsiz Amerikaning naqd yuragiga eng mustahkam ogohlantiruvchi yadroviy zarba berib, AQShni yer yuzidan o’chirib, nom-nishon ham qoldirmaydi va vatanni birlashtirish bo'yicha tarixiy ishni yakuniga yetkazadi",-deya ma’ruza qiladi Pak Yon Sik.

Vazirning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreyaning harbiy qudrati oshishidan xavotirlanib, unga yadroviy zarba berishni o'ylamoqda.

Shimoliy Koreya va AQSh rasman urush holatida deb hisoblanadilar, chunki ular orasida kelishuv imzolanmagan, yarashuv kelishuvi esa amerikaliklar va Janubiy Koreyaning harbiy tayyorgarliklari sababli Shimoliy Koreyada anchadan beri ma`nosini yo'qotgan hisoblanadi.

Shimoliy koreyaliklar o'zlarini 64 yil avvalgi urushda AQShni mag'lub etgan deb hisoblaydilar va urush to’xtatilgan kun – 27 iyulni "g'alaba kuni" sifatida nishonlaydilar.

Ayni vaqtda Pxenyan jadal ravishda yadroviy va raketa qurollarini yaratish, ularni sinovdan o'tkazish bilan shug'ullanmoqda va qit`alararo ballistik raketalari yordamida sayyoraning istalgan nuqtasiga zarba bera olishini ta’kidlab keladi.

 

 



Aloqador xabarlar