Fransiya janubida mahalliy xalq qochqinlarga qarshi chiqmoqda

Mahalliy guruh hukumatni qochqinlarni qabul qilar ekan, xalq bilan maslahatlashmaganlikda ayblamoqda.

778153
Fransiya janubida mahalliy xalq qochqinlarga qarshi chiqmoqda

Fransiya janubidagi Semeac shaharchasida qochqinlarga nisbatan tazyiqlar kuchaydi.

Mahalliy bir guruh eski mehmonxona binosi atrofiga devor urmoqda.

Maqsad qochqinlarning u yerga kirishiga to’sqinlik qilishdir.

18 metr uzunlikda va 1.8 metr balandlikda bo’lgan bu devor foydalanilmayotgan “Formula-1” mehmonxonasini o’rab turadi.

Mahalliy guruh hukumatni qochqinlarni qabul qilar ekan, xalq bilan maslahatlashmaganlikda ayblamoqda.

“Qochqinlarga qarshi emasmiz, faqat qochqinlarni joylashtirishdan oldin xalq bilan maslahatlashish kerak”,-deydi guruh nomidan matbuotga bayonot bergan Laurent Texera.

Uning fikricha, Semeac shaharchasida kundalik hayot qochqinlarga to’g’ri kelmaydi. Semeac kabi kichkina joy yangi kelganlarni ko’tara olmaydi.

Fransiya rasmiylari bu vaziyat oldida jim-jitligicha qolmoqda.

5000 kishiga mo’ljallangan Semeacdagi eski mehmonxona Fransiya hukumati tomonidan olingan eng arzon 62 ta mehmonxonadan biridir.

Hukumatning maqsadi qochqinlarni Parij ko’chalarida yotishini oldini olishdir.

Shuningdek, so’ngi paytlarda qochqinlar yashayotgan chodirlarda o’zaro nizolar kelib chiqmoqda va buni oldini olish maqsadida bunday qaror olingan.

O’tgan yili noqonuniy qochqinlardan tashqari 85000 kishi Fransiyaga qochqin sifatida murojaat qilgan.

Bularning akratiyati Sudan, Afg’oniston, Gaiti va Albaniyadan kelgan.

Rasmiy murojaatning uchdan ikkisi rad qilingan.

Eurostat agentligi ma’lumotiga ko’ra, Fransiya 2015 yilda 20630 nafar qochqinni qabul qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Parij , #Semeac , #devor , #qochqin

Aloqador xabarlar