1938 yili cho'kib ketgan oltinga to'la kargo kemasining joyi aniqlandi

2-Jahon urushi davrida Janubiy Amerika banklaridan olingan 100 mln sterlin (460 mln lira) qiymatidagi oltinni Germaniyaga olib ketayotib, dengizga g’arq bo’lgan kemaning qoldiqlari topildi.

777067
1938 yili cho'kib ketgan oltinga to'la kargo kemasining joyi aniqlandi

1938 yili Janubiy Amerikadan Germaniyaga 4 tonna oltin olib ketayotganda cho’kib ketgan kargo kemasining joyi aniqlandi.

2-Jahon urushi davrida Janubiy Amerika banklaridan olingan 100 mln sterlin (460 mln lira) qiymatidagi oltinni Germaniyaga olib ketayotib, dengizga g’arq bo’lgan kemaning qoldiqlari topildi.

Angliyadagi hazina qidirish bilan shug’ullanuvchi “Advanced Marine Services” shirkati Izlandiyaning 193 km janubi sharqida dengiz ostida “SS Minden” nomli kemaning qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’ldi.

Kema harobalari tagidagi bir quti ichida 4 tonna og’irlikda qimmatbaho metall topilgan.

Bu metall 100 million sterlin qiymatida oltin ekani taxmin qilinmoqda.

Janubiy Amerikadan Germaniyaga tomon yo’lga otlangan oltinga to’la kema inglizlar tomonidan payqab qolingan.

Shunda, Gitler kemani cho’ktirib yuborishni buyruq bergani ilgari suriladi.

Xozirda hazinani topishga muvaffaq bo’lgan shirkat oltinlarni Angliyaga olib kelinishi kerakligini aytmoqda.

Chunki, oltinlar hazinani topib olgan shaxs yoki shirkatga oid bo’lishini ilgari surmoqda.

Izlandiya rasmiylari esa, “Advanced Marine Services” shirkatining boshqa biron davlatning dengiz chegaralarida hazina qidirishiga ruhsat yo’qligini , shu sababli hazina qaytarib berilmasligini ta’kidlamoqda.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar