Rossiya va Hindiston mushtarak harbiy mashg'ulot o'tkazmoqchi...

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya va Hindiston qo’shini kuzda mamlakat sharqidagi harbiy zonada mashg’ulot o’tkazishini ma’lum qildi.

758938

Uning aytishicha, bu faoliyat ikki davlat o’rtasida dastlabki mushtarak harbiy tadbiqot bo’lib hisoblanadi.

Shoygu Moskvada o’tkazilgan Rossiya-Hindiston hukumatlararo harbiy-texnik hamkorlik komissiyasi yig’ilishida so’zga chiqdi.

“O’tgan yili Hindiston bilan terrorizmga qarshi kurash va dengiz floti harbiy mashg’ulotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Kuzda esa, dastlabki mushtarak harbiy tadbiqotimizni o’tkazishni rejalashtirdik”,-deya ma’lum qiladi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Ushbu harbiy mashg’ulotga “Indra-2017” deb nom berildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur harbiy mashg’ulot Rossiya va Hindiston armiyasining kuchini oshiradi, ikki davlatning kunimizdagi o’ta tahlikali tahdidlarga qarshi faol kurashish qobiliyatini oshiradi.

Aloqador xabarlar