Saudiya Arabistoni qiroli valiahd shahzodani o'zgartirdi

Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Muhammad bin Noyifning o’rniga qirol Salmonning o’g’li ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tayinlandi.

757012
Saudiya Arabistoni qiroli valiahd shahzodani o'zgartirdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud valiahd shahzoda Muhammad bin Noyifni o'zgartirish haqida qaror qabul qildi.

Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Muhammad bin Noyifning o’rniga qirol Salmonning o’g’li ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tayinlandi.

Qarorga binoan, valiahd shahzoda Muhammad bin Noyifning o'rniga qirolning 31 yoshli o'g'li Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda bo'lib tayinlandi.

Qirollik devoni qarornomasiga ko’ra, birinchi valiahd, bosh vazir va ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noyif barcha vazifasidan mahrum etildi.

Mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon birinchi valiahd va bosh vazir bo’ldi.

Salmonning mudofaa vaziri lavozimi ham davom etadi.



Aloqador xabarlar