Portugaliyada o’rmon yong’inlari davom etmoqda
O'rmon yong'inlarining tezda tarqalishiga issiq havo va kuchli shamol sabab bo'lmoqda.

Portugaliyaning Pedrogan-Grandi hududida kechadan beri o’rmon yong’inlari davom etmoqda.
O'rmon yong'inlari oqibatida 39 kishi halok bo'ldi, ikki kishi bedarak yo'qoldi.
Yong'inlar mamlakatning markaziy qismini qamrab olgan.
Hududda tekshiruv olib borgan ichki ishlar boshqaruvi davlat kotibi Jorge Gomez yong’inda 59 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bulardan 5 nafarining ahvoli og’ir.
Yaradorlar orasida o’t o’chiruvchilar va tez yordam xodimlari ham bor.
Halok bo’lganlarning ko’pchiligini shaxsiy mashinasida alanga ichida qolib ketganlar tashkil qiladi.
O'rmon yong'inlarining tezda tarqalishiga issiq havo va kuchli shamol sabab bo'lmoqda.
Yong’in o’rmonzorning katta qismini kulga aylantirdi va hududdagi uylargacha yetib keldi.
Odamlar yong'in tarqalayotgan hududlarni tark etishmoqda.
Yong'in hududiga mamlakat prezidenti Marselu Rebelu di Soza ham yetib kelgan.
U falokatni to’xtatish uchun barcha texnik imkoniyatlar safarbar qilinganini va bu borada kamchilik yo’qligini aytdi.
O’rmon yong’inlarini o’chirish uchun 1500dan ziyod o’t o’chiruvchi safarbar qilingan.
Mamlakat miqyosida 24 soat ichida jami 156 joyda yong’in sodir bo’ldi.
Aloqador xabarlar

Blinken Aliyev va Pashinyan bilan tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi
Entoni Blinken, lhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.