Qatar bilan Hindiston o’rtasida yangi dengiz yo’li liniyasi ochildi

Qatar bilan Hindiston o’rtasida tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berish maqsadida yangi dengiz yo’li liniyasi ochildi.

753197
Qatar bilan Hindiston o’rtasida yangi dengiz yo’li liniyasi ochildi

Qatar bilan Hindiston o’rtasida tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berish maqsadida yangi dengiz yo’li liniyasi ochildi.  

Qatar Transport va aloqa vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi liniya orqali Qatardagi “Hamad” porti bilan Hindistondagi “Mundra” va “Nhava Sheva” portlari o’rtasida bir haftada bir marotaba, haftaning har juma kunlari dengiz safarlari yo’lga qoyiladi.  

Birinchi safarda 710 ta konteynerning tashilishi, keyin esa ehtiyojlarga ko’ra konteynerlar sonining orttirilishi rejalashtirildi.

Turk kemalarning “Ar-Ruvays” portiga, Rossiya va Xitoy bosh bo’lish bilan birga dunyoning boshqa turli davlatlarining ham “Hamad” portiga to’g’ridan-to’g’ri borishini ta’minlaguvchi liniyalarning orttirilishini ko’zda tutgan faoliyatlar davom etmoqda.  

Yuqorida nomi tilga olingan dengiz liniyalarining ochilishi Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn tomonidan yo’lga qoyilgan havo, quriqlik va dengiz embargosiga qarshi kurash doirasida tezlashtirildi.  



Aloqador xabarlar