Ukraina fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz sayohat rejimi kuchga kirdi

Ukraina fuqarolari Yevropa Ittifoqiga a’zo 30 mamlakat va Shengen zonasidagi mamlakatlarga erkin kirib chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi.

750616
Ukraina fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz sayohat rejimi kuchga kirdi
ukrayna vizesiz seyahat.jpg

11 iyun kuni Ukraina fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz sayohat rejimi kuchga kirdi.

Endilikda, Ukraina fuqarolari Yevropa Ittifoqiga a’zo 30 mamlakat va Shengen zonasidagi mamlakatlarga erkin kirib chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Vizasiz rejim biometrik pasportga ega bo’lgan ukrainlarga Yevropada 90 kun davomida qolish imkonini beradi.

90 kundan ortiq vaqt davomida Yevropa hududida qolmoqchi bo’lgan ukrainlar viza rasmiylashtiradi.

Yevropa Itifoqiga a’zo mamlakatlar bilan bir qatorda, Shengen zonasiga kiruvchi Izlandiya, Norvegiya, Lihtenshtayn va Shveysariya ham vizasiz sayohat qilinadigan davlatlar bo’lib hisoblanadi.

Shengen tarkibida bo’lmagan Angliya va Irlandiya uchun viza talab qilinadi.

Biroq, bu rejim Ukraina fuqarolariga Yevropa Ittifoqi davlatlarida mehnat qilish ruxsatini bermaydi.

Ukrainalik mutahassislar sayohatlarda 30% ortish kuzatilishini taxmin qilmoqda.

45 mln aholi mavjud bo’lgan Ukrainada biometrik pasportga ega bo’lgan fuqaro soni 4 mln.

Darvoqe, Ukraina va Slovakiya prezidentlari Petro Poroshenko va Andrey Kiska Ukraina hamda Shengen davlatlari o'rtasidagi vizasiz rejim joriy etilishi munosabati bilan tashkil qilingan ramziy marosimda ishtirok etishdi.

Davlat rahbarlari Ukraina chegarasida Zakarpate viloyati hududidagi “Ujgorod” punktida o'rnatilgan ramziy “Yevropa darvozasi”ni ochishdi.

Poroshenko Ukraina pasporti ko’rinishiga ega bo’lgam ramziy darvozani kalit bilan ochdi.

Darvozadan kirib kelgan Poroshenkoni chegaraning narigi tomonida Slovakiya prezidenti Kiska kutib oldi.

Poroshenko marosimda so’zlagan nutqida, bu rejim Ukraina uchun tarixiy voqea ekanini tilga oldi.

U Ukraina fuqarolarining barchasi bundan buyon Yevropa Ittifoqiga vizasiz sayohat qilish huquqiga ega bo’lishini aytib o’tdi.

 

 



Aloqador xabarlar