Amerika Parij Iqlim shartnomasidan chiqdi...

Kurraviy havo haroratining ko'tarilishini oldini olish maqsadida tuzilgan Parij Iqlim shartnomasiga zarba urildi.

744400
Amerika Parij Iqlim shartnomasidan chiqdi...

Kurraviy havo haroratining ko'tarilishini oldini olish maqsadida tuzilgan Parij Iqlim shartnomasiga zarba urildi...

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Parij iqlim kelishuvini rad etdi.

Oq Uydan berilga bayonotda Prezident Donald Trump, Iqlim mavzuli shartnomaning o'lka manfaatlari jihatidan ijobiy bo'lmaganini, iqtisodiyotga keraksiz yuk bo'lganini mudofaa etdi.

Trump, kelishuvning iqlim o'zgarishiga qarshi kurash emas, ishtirokchi mamlakatlarga, Amerika iqtisodiyoti uchun yuk bo'lganini ilgari surdi.

"O'lkamizni va xalqimizni qo'riqlash uchun kelishuvdan chiqamiz" degan Trump, adolatli kelishuv bo'lishi uchun muzokaralarning davom etishini ma'um qildi.

2015 yili Parijda bo'lib o'tgan 21. Birlashgan Millatlar (BMT) iqlim o'zgarishi mavzuli konferentsiyada (COP21) tasdiqlangan kelishuv, 2016 yili Aprel oyi Nyu York BMT bosh markazida AQSh, Xitoy va Turkiya ham oralarida joy olgan 190 dan ziyod o'lka imzolagan edi.

Kelishuvda, iqlim o'zharishining salbiy ta'sirlariga qarshi mamlakatlarning tayyor bo'lishini, issiqxona gazi tarqalishini kamaytirish doirasida muvozanatli iqtisodiyotlarni dastaklash kabi bo'limlar joy olmoqda.

AQSh esa Xitoydan keyin eng ko'p issiqxona gazi tarqatgan bir mamlakat.



Aloqador xabarlar