Yevropa Ittifoqi Trampni iqlim shartnomasidan voz kechmaslikka chaqirdi

Juncker: “Amerikaga iqlim shartnomasidan shunchaki voz kecha olmasligini aytish kerak. Parij shartnomasining majburiyatlaridan voz kechish jarayoni yillab davom etishi mumkin”.

743537
Yevropa Ittifoqi Trampni iqlim shartnomasidan voz kechmaslikka chaqirdi

Yevropa Ittifoqi komissiyasi raisi Jean-Claude Juncker Germaniyaning poytaxti Berlinda o’tkazilgan tadbirga qatnashdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Juncker AQSh prezidenti Donald Trampni Parijda imzolangan iqlim shartnomasidan voz kechmaslikka chaqirdi.

Transatlantika munosabatlarini davom ettirish tarafdori ekanini tilga olgan Juncker: “Amerikaga iqlim shartnomasidan shunchaki voz kecha olmasligini aytish kerak. Parij shartnomasining majburiyatlaridan voz kechish jarayoni yillab davom etishi mumkin”,-dedi.

Iqlim o’zgarishining tahlikalariga e’tibor qaratgan Juncker: “Iqlim o’zgarishiga qarshi qattiq kurash olib bormasak, 83 davlatning yer yuzidan yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi”,-dedi.

AQSh mediasida tarqatilgan xabarlarda Donald Tramp ushbu shartnomadan bosh tortish uchun zarur tayyorgarliklarni boshlab yuborgani ilgari surilgandi.

Tramp: “Parij shartnomasi bilan bo’liq qarorimni bir necha kun ichida e’lon qilaman. AQShni takror buyuk davlatga aylantiraylik!”,-degan edi.

Saylov oldi tashviqotlarda global iqlim o’zgarishining “Laqqillatish”dan iborat ekanini tilga olgan Tramp atrof-muhit muhofazakorlari tomonidan tanqid qilingan ko’mir sanoatida ish bilan ta’minlash hajmini oshirishga va’da bergandi.

Eslatib o’tish joizki, 2015 yili Parijda o’tkazilgan 21-BMT Iqlim o’zgarishi tomonlar konferensiyasida tasdiqlangan shartnoma 2016 yili Nyu Yorkdagi BMT bosh markazida AQSh, Xitoy va Turkiya bilan bir qatorda, jami 190dan ziyod davlat tomonidan imzolangan edi.

Mazkur shartnoma iqlim o’zgarishining salbiy ta’sirlariga qarshi chora ko’rish, sera gazi zaharini kamaytiruvchi atrof-muhitga foydali tadbirlarni qo’llab quvvatlash kabi moddalarni o’z ichiga oladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar