Afg'onistonning Nangarhar viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

Nangarhar viloyati markazi Jalolobodda bomba ortilgan mashina vositasida sodir qilingan portlash oqibatida 1 nafar politsiya xodimi halok bo'ldi.

743917
Afg'onistonning Nangarhar viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

 

Afg'oniston sharqida joylashgan Nangarhar viloyati markazi Jalolobodda bomba ortilgan mashina vositasida sodir qilingan portlash oqibatida 1 nafar politsiya xodimi halok bo'ldi.

Nangarhar hokimiyati kotibi Ataullah Hogyani ma'lum qilishicha, jangari mashinaga joylashtirilgan bombani Jalolobod aeroporti yaqinlaridagi politsiya uchastkasiga yaqinlashganda portlatib yuborgan.

Portlash oqibatida 3 kishi yaralangan.

Portlash kimlar tomonidan sodir qilingani xozircha noma'lum.

Eslatma: Kecha tongda poytaxt Qobulda ham portlash sodir bo'ldi.

Portlashda 90 kishi halok bo'ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #portlash , #Nangarhar , #politsiya

Aloqador xabarlar