Lavrov Suriya muammosini hal qilishdagi AQSh roliga to’xtaldi

Nigeriya TIV Geoffrey Onyeama bilan Moskvadagi uchrashuvi ortidan uyushtirilgan qo’shma matbuot anjumanida gapirgan Lavrov, Suriya muammosini hal qilishdagi AQSh roli to’g’risidagi savolga javob berdi.

742550
Lavrov Suriya muammosini hal qilishdagi AQSh roliga to’xtaldi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyada barpo etiladigan xavfsizlik hududlari doirasida olib borilgan jarayonda ishtirok etishidan xursand bo’lajaklarini ma’lum qildi.  

Nigeriya Tashqi ishlar vaziri Geoffrey Onyeama bilan Moskvadagi uchrashuvi ortidan uyushtirilgan qo’shma matbuot anjumanida gapirgan Lavrov, AQSh bilan Suriyadagi muammoni hal qilish borasida uchrashuv o’tkazib, o’tkazilmaganligini haqidagi savolga javob berdi.

Lavrov, bu haqida;

“Agar AQSh Suriyadagi muammoni hal qilish uchun olib borilgan faoliyatlarda ishtirok etishni qabul qilgudek bo’lsa unda yana-da ma’noli natija topilishi mumkin” dedi.

Lavrov, bu haqidagi faoliyatlarning natijasining Qozog’iston poytaxti Osotnada muhokama qilinajagini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Sergey Lavrov , #Suriya , #AQSh

Aloqador xabarlar