Argentina Tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra o’z vazifasidan iste’fo etdi

Ma’lumotga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra shaxsiy sabablar tufayli o’z vazifasidan iste’fo etgan.

741934
Argentina Tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra o’z vazifasidan iste’fo etdi

Argentina Tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Mauriko Makri ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra shaxsiy sabablar tufayli o’z vazifasidan iste’fo etgan.

U oilasiga yaqin bo’lish maqsadida Ispaniyaning poytaxti Madridga ko’chmoqchi.

Vazirlar kengashi kotibi Markos Pena ma’lum qilishicha, Susana Malkorra Ispaniyadan turib hukumatga maslahatchi sifatida ko’mak beradi.

Susana Malkorraning o’rniga Argentinaning Parijdagi elchisi Jorge Faurie tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi.

Bundan oldin, BMT bosh kotibi Ban Ki Moonning kotibi lavozimida xizmat qilgan Malkorra 2015 yili Argentina tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.

 

 



Aloqador xabarlar