Kolumbiya Ichki ishlar vaziri o'z vazifasidan iste'fo etdi

Juan Fernando Critoning o’rniga prezident o’rinbosari Guillermo Rivera ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

739779
Kolumbiya Ichki ishlar vaziri o'z vazifasidan iste'fo etdi

Kolumbiya Ichki ishlar vaziri Juan Fernando Crito kelgusi yili o’tkaziladigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Davlat rahbari Juan Manuel Santos poytaxt Bagotadagi prezidentlik saroyida matbuot anjumani o’tkazdi.

U anjumanda Juan Fernando Critoning o’rniga prezident o’rinbosari Guillermo Rivera ichki ishlar vaziri etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari Juan Manuel Santosning aytishicha, Cristo Kolumbiya inqilobchi qurolli kuchlar bilan tuzilgan kelishuvni amalda ro’yobga chiqarish faoliyatlarida hukumat nomidan faoliyat ko’rsatadi.

Prezidentlik saylovlarida Cristoning kuchli raqiblaridan biri Hummerto de la Calle bo’lib hisoblanadi.

U Kolumbiya inqilobchi qurolli kuchlar bilan bo’lgan uchrashuvlarda bosh muzokarachi sifatida xizmat ko’rsatmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar