AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni tanqid qildi

“Eron rejimi global terrorizmga boshchilik qilmoqda. Mintaqaga notinchlik va xaos tarqatmoqda”,-deydi AQSh prezidenti Donald Tramp.

736818
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni Yaqin sharqda xaos kelib chiqishiga sabab bo’layotganlikda aybladi.

Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda o’tkazilgan AQSh-Arab va islom davlatlari sammitida 50dan ortiq arab va islom davlatlari rahbarlariga hitob qilar ekan, Eronga nisbatan munosabatini bildirdi.

“Barchamiz uchun yana ham porloq kelajak ta’minlash uchun mushtarak manfaatlarga va qadriyatlarga sodiq hamkorlik taklif qilish maqsadida keldik”,-deydi Donald Tramp so’zlagan nutqida.

AQSh dunyoda ekstremizmni tubdan bartaraf etish uchun Yaqin sharqda xalqlar koalitsiyasini tuzish taklifini kiritmoqda.

Shu maqsad bilan Tramp eski do’stliklarni mustahkamlash va tinchlikni ta’minlash uchun yangi hamkorlar orttirishga va’da berdi.

Trampning fikricha, Eronning mintaqadagi zo’ravonligi avvalo o’z xalqiga zarar bermoqda.

Qiyinchiliklarga chidagan Eron xalqi o’z davlat rahbariyatining parvosizlarcha urush va to’qnashuv payiga tushganidan xavotirda va umidlari puchga chiqqan.

Uning aytishicha, Beshar Asad Suriyada Eronning qo’llab quvvatlovi bilan ta’rifga til ojiz bo’lgan vahshiy jinoyatlarni sodir qilib kelmoqda.

“Eron rejimi global terrorizmga boshchilik qilmoqda. Mintaqaga notinchlik va xaos tarqatmoqda”,-deydi AQSh prezidenti Donald Tramp.

Eron Tashqi ishlar vazir Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Tehronga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlariga javob qaytardi.

“Eronda bo'lib o'tgan navbatdagi demokratik saylovlardan so'ng Tramp Tehronga bosim ko'rsatishga harakat qildi. Bu tashqi siyosat talabimi yoki Saudiya Arabistonidan olingan 480 milliard dollarning ta`sirimi? Eron demokratik saylov jarayonini ortda qoldirdi, lekin demokratiyaning beshigi AQSh prezidenti tomonidan tazyiqqa uchramoqda”, - deydi Zarif.

Darvoqe, kecha, 21 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Fors ko'rfazi arab mamlakatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar, jumladan Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Bahrayn, BAA va Quvayt o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muzokaralar AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistoniga qilgan ilk rasmiy tashrifi doirasida o'tkazildi. 

Yig'ilishda kengash raisi Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Naif, shuningdek, Qatar, Bahrayn davlati rahbarlari, Abu-Dabi shahzodasi hamda Ummon bosh vaziri o'rinbosari ishtirok etdi.

Cammit davomida AQSh va olti arab mamlakatlari o'rtasida o'zaro kelishuv bo'yicha memorandum imzolandi. 

Mazkur sammitdan so'ng musulmon davlatlari yetakchilari Tramp bilan terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashish bo'yicha muzokaralar olib bordi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar