Moon Jae-In saylov g'alabasini e'lon qildi

Janubiy Koreyadagi Prezidentlik saylovi yakunlanar ekan, muxolifatdagi “Toburo” demokratik partiyasidan nomzod Moon Jae-In hozircha, rasmiy bo'lmagan natijalarga ko'ra o'z g’alabasini e’lon qildi.

729062
Moon Jae-In saylov g'alabasini e'lon qildi

Janubiy Koreyadagi Prezidentlik saylovi o’z nihoyasiga yetar ekan, birinchi natijalarga ko’ra o’z raqiblariga nisbatan ko’p ovoz olgan Moon Jae-In saylov g’alabasini e’lon qildi.

Shimoliy Koreya bilan til topishish fikrini qo’llab-quvvatlagan Moon Jae-In g’alabasi ortidan so’zlagan nutqida, hammaning prezident bo’lishini qayd etdi.

Moon,

“Adolatli va ittifoq bir mamlakat yarataman. Hatto meni qo’llab-quvvatlamaganlarning ham prezidenti bo’laman” dedi.  

Milliy saylov komissiyasi e’lon qilgan oxirgi ma’lumotga ko’ra mamlakatda ovozlarning 48 foizi sanaldi.

Moon Jae-In hozircha, rasmiy bo’lmagan natijalarga ko’ra ovozlarning 39.6 foizini oldi.

Uning eng asosiy raqibi “Koreys ozodligi” konservativ partiyasi yetakchisi Hong Joon-Pyo esa 26. 3 foiz ovoz olgan.

Kecha bo’lib o’tgan Janubiy Koreyadagi saylovda saylovchilarning 77.2 foizi ishtirok etdi. Bu raqam mamlakatdagi oxirgi 20 yilda bo’lib o’tgan saylovlardagi eng faol ishtirokchilar ko’rsatkichi hisoblanadi.

Saylov natijalarining aniqlanishi ortidan Moon Jae-Inning bugun qasam ichib, o’z vazifasini boshlashi kutilmoqda.

Yangi tashkil etilgan Demokratik partiyaning 64 yoshli lideri Moon Jae-In, saylov tashviqoti chog’ida amaldagi Janubiy Koreya rahbariyatining aksiga, Shimoliy Koreya bilan bo’lgan munosabatlarini orttirish uchun va’da bergan edi.

 

 



Aloqador xabarlar