Suriyali guruhlar 16 May kuni Jenevada uchrashadi

Birlashgan Millatlar Suriya Maxsus vakili Steffan de Mistura, Suriyali guruhlarning 16 May kuni Jenevada yig'ilishini ma'lum qildi.

728390
Suriyali guruhlar 16 May kuni Jenevada uchrashadi

Birlashgan Millatlar Suriya Maxsus vakili Steffan de Mistura, Suriyali guruhlarning 16 May kuni Jenevada yig'ilishini ma'lum qildi.

BMTdan berilgan bayonotda, 4 May kuni Ostonada xavfsiz hududlar vujudga keltirish mavzusidagi kelishuvning Jenevadagi siyosiy muzokaralarga ijobiy hissa qo'shishiga diqat qaratdi.

Yig'ilishga qatnashadigan tomonlar mavzusida ma'lumot berilmadi.

Rossiya ham, Ostonada imzolangan Suriyada "Xavfsiz hududlar" kelishuvini dastaklash maqsadida tayyorlangan loyihani BMT xavfsizlik kengashiga taqdim etdi.

Kengashga May oyi boshchilik qiladigan Urugvayning BMT doimiy vakili Elbio Rosselli, jurnalistlarga bergan bayonotida, Rossiyaning a'zolarga tarqatgan loyiha bilan aloqali bir qaror berilmaganini izohladi.

Suriyada to'qnashgan tomonlar 2016 yil Dekabr oyi tuzilgan kelishuv va Ostona shartnomalariga rioya qilishlari talab qilingan loyihani, BMTning barcha a'zolaridan buni yaxshi niyat bilan himoya qilishlari istandi.

Qolaversa BMT Bosh kotibining voizi Stephane Dujarric, matbuot anjumanida BMTning Ostonadagi kelishuvi borasida vazifasi bilan aloqali bir savolga, kelishuvning muhokama qilingani va BMTning hanuz bir qaror bermaganini izohladi.

Qozog'istonning poytaxti Ostonada 4 May kuni Turkiya, Rossiya va Eron o'rtasida, Suriyada muxoliflar va rejim kuchlari o'rtasida to'qnashuvlar bo'lgan joylarda "Xavfsiz hudud" vujudga keltirish shartnomasi imzolagan edi.

Suriyada xavfsiz hududlar vujudga keltirishni nazarda tutgan Ostona kelishuvi 6 May kuni Turkiya soati bilan 00:00 dan e'tiboran kuchga kirgan edi.



Aloqador xabarlar