Indoneziyada turmadan qochgan mahbuslarning ko’pchiligi takror qamaldi

Indoneziyada turmadan qochgan 200 nafar mahbusdan 195 nafari qo’lga tushirilib, takror qamab qo'yildi.

726964
Indoneziyada turmadan qochgan mahbuslarning ko’pchiligi takror qamaldi

Indoneziyada turmadan qochgan 200 nafar mahbusdan 195 nafari qo’lga tushirildi.

Voqea Sumatra orolida Riau shtatining Pekanbaru mintaqasidagi bir turmada yuz berdi.

Juma namozi uchun turma kamerasi ochilganida roppa-rosa 6 nafar soqchini harakatsiz holga keltirgan qariyb 200 nafar mahbus, turmadan qochishga muvaffaq bo’ldi.

Yuzlab politsiya xodimi va askar ishtirokida qidiruv faoliyatlari yuritilar ekan natijada turmadan qochgan mahbuslarning 195 nafari qo’lga tushirilib, takror qamab qo’yildi.

Hozirda tashqarida yana 5 nafar qochoq mahbus bor. Ularni qo’lga tushirish faoliyatlari davom etmoqda.

Mahbuslarning bunday yo’lga murojaat qilishlariga turmadagi yomon shart-sharoit va soqchilarning qopol muomalasining sabab bo’lganligi aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #mahbuslar , #Indoneziya , #turma

Aloqador xabarlar