Yevropa Ittifoqi Shengen chegara nazorati muddatini takror uzaytirmoqchi...
Shengen mintaqasida joylashgan Avstriya, Germaniya, Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi ba’zi davlatlar amalda bo’lgan o’tkinchi chegara nazoratini yana 6 oyga uzaytirish talabi bilan Yevropa Ittifoqi kengashiga murojaat qildi.

Yevropa Ittifoqi Shengen chegara nazorati muddatini takror uzaytirmoqda.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi Shengen mintaqasida joylashgan Avstriya, Germaniya, Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi ba’zi davlatlar amalda bo’lgan o’tkinchi chegara nazoratini oxirgi marta yana 6 oyga uzaytirish maqsadida Yevropa Ittifoqi kengashiga murojaat qildi.
Yevropa Ittifoqi komissiyasining migratsiya, ichki ishlar va fuqarolikdan mas’ul a’zosi Dmitris Avramopoulos Shengen mintaqasi tartibini qaytatdan shakllantirishning ahamiyatiga to’xtalib, ichki chegara nazoratini oxirgi marta uzaytirish taklifini kiritdi.
U a’zo davlatlarga jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun chegara postlaridan o’tishlarda politsiya nazoratini kuchaytirish va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yanada oshirishni taklif qildi.
Aytib o’tish joizki, Shengen mintaqasidagi chegara nazoratlari o’tgan yilning may oyida Yunonistonning tashqi chegara nazoratiga doir yuzaga kelgan muammolar va mamlakatga muhojir va qochqinlar oqimini to’xtatish sababli joriy etilgandi.
Yevropa Ittifoqi komissiyasining bayonotiga ko’ra, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida imzolangan migratsiya shartnomasidan so’ng, Yunonistonga otlangan noqonuniy muhojirlar sonida 97% pasayish kuzatildi.