UNESCO Isroilni “ishg’olchi kuch” deb tan oldi

UNESCO Sudan, Qatar, Oman, Marokko, Livan, Misr va Jazoyir tomonidan tayyorlangan “Ishg’ol qilingan Falastin” nomli qaror taklifini qabul qildi.

724730
UNESCO Isroilni “ishg’olchi kuch” deb tan oldi

UNESCO tashkiloti muhim qarorni imzoladi.

Fransiyaning poytaxti Parijda to’plangan UNESCO boshqaruv kengashi Isroilni “ishg’olchi kuch” deb tan oldi.

UNESCO Sudan, Qatar, Oman, Marokko, Livan, Misr va Jazoyir tomonidan tayyorlangan “Ishg’ol qilingan Falastin” nomli qaror taklifini qabul qildi.

Taklifda Quddus shahri musulmonlar, hristianlar va musaviylar uchun muqaddas shahar ekani qayd etilib, ishg’olchi kuch Isroil tomonidan Quddusning tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan har qanday adliy yoki idoriy tashabbusning huquqiy deb topilmasligi va bekor qilinishi talab qilinmoqda.

Qolaversa, Isroildan Quddusda qonunga hilof faoliyatlarga yakun yasash talab qilinmoqda.

Jumladan, tunel qazish, qonunga hilof ravishda tintuv o’tkazish va yahudiylarni noqonuniy joylashtirish kabi faoliyatlarga yakun yasashi talab qilinmoqda.

Braziliya, Xitoy, Rossiya va Shvetsiya bilan bir qatorda, jami 22 ta davlat bu taklifni qo’llab quvvatladi.

AQSh, Germaniya, Angliya, Italiya va Gollandiya bilan bir qatorda, jami 10 ta davlat taklifga qarshi chiqdi.

Falastin Islomiy harakati Hamas UNESCOning qarorini mamnuniyat bilan baholadi.

Hamas kotibi Abdullatif Al-Kanu ushbu qarorning arab davlatlarida, islom dunyosida va xalqaro hamjamiyatda qabul qilinishi, amalda bajarilishi va Masjid-i Aksani yahudiylashtirish maqsadida amalga oshirilgan tunel qazish va namoyishlarni to’xtatishga chaqirdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bu qarorni safsata deb baholadi.

“Oxirgi ikki kun ichida ba’zi davlat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdim. Shuningdek, diplomatlarimiz ham UNESCOda ovozga qo’yilgan ushbu safsata qaror taklifini muhokama qildik”,-deydi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu.

 


Tanlangan kalimalar: #UNESCO , #Isroil , #ishg'olchi kuch , #qaror , #taklif , #Quddus

Aloqador xabarlar