Turkiya, terrorga qarshi kurashda, Suriya va Iroqdagi muammolarning yechimida ittifoqdoshdir.
Germaniya kantsleri Angela Merkel, Turkiya muhim mavzularda bir sherik ekanini ma’lum qildi
Germaniya kantsleri Angela Merkel, Turkiya muhim mavzularda bir sherik ekanini ma’lum qilib,
“ Turkiya, terrorga qarshi kurashda, Suriya va Iroqdagi muammolarning yechimida ittifoqdoshdir.”
Merkel, “ Ko’lner Stadtanzeiger” gazetasiga bergan reportajida, Turkiya Suriyalik 3 million emigrantni qabul qilganini,
“ Yevropa ittifoqi- Turkiya kelishuvi nazarda tutilganidek Yevropa ittifoqi bu mavzuda moliyaviy yordam qilishi juda to’g’ri bir gap dedi. Kelishuvning maqsadi, juda ko’p sonda kishining o’limiga sabab bo’lgan va endi qadimgi kabi rohat harakat qila olmagan qochoqchi to’dalariga qarshi kurashmoqda. Yevropa ittifoqi Turkiya kelishuvi emigrantlarning ham foydasiga. Boshqsa o’lkalar bilan ham bunga o’xshash yechimlarga ehtiyojimiz bor” deb ma’lum qildi.
Turkiyaning muhim bir sherigi va ittifoqdoshi ekanini aytgan Angela Merkel, “ Turkiya, terrorga qarshi kurashda, Suriya va Iroqdagi muammolarning yechimida ittifoqdoshdir. Ochiq aytish kerak ki salbiy o’zgarishlarga qaramasdan masalni bir chetga qoldirmaslik kerak. Bundan tashqari Germaniyada Turkiyada tug’ilib o’sgan millionlab kishi yashamoqda.” Dedi.
Merkel, 16- apreldagi konstitutsiya o’zgarishi referendumdan so’ngra, Turkiyaning Yevropa ittifoqida bir kelajagi bo’lib bo’lmasligi mavzusida uchrashishimiz kerak. Albatta, NATO a’zosi va juda ko’p mavzuda muhim bir sherik bo’lgan va unday ham qolgan Turkiya bilan to’g’ridan uchrashishimiz kerak. Tanqidlarimizda ham ochiq bo’lishimiz kerak, bunga shubha yo’q. Boshqa tomondan aql bilan harakat qilishimiz kerak chunki Turkiya bilan yaxshi aloqalar bizning manfaatimizga. deb ifoda etdi.