Afg’onistonda mudofaa vaziri bilan harbiy bosh shtab raisi o’z vazifasidan iste’fo etdi

O’tgan hafta Mozori-Sharif yaqinlaridagi harbiy bazaga Tolibon tomonidan bosqin uyushtirilgani mamlakatda siyosiy bo’xronga sabab bo’ldi.

719224
Afg’onistonda mudofaa vaziri bilan harbiy bosh shtab raisi o’z vazifasidan iste’fo etdi

Afg’onistonda mudofaa vaziri bilan harbiy bosh shtab raisi o’z vazifasidan iste’fo etdi.

O’tgan hafta Mozori-Sharif yaqinlaridagi harbiy bazaga Tolibon tomonidan bosqin uyushtirilgani mamlakatda siyosiy bo’xronga sabab bo’ldi.

Ma’lum bo’lishicha, Tolibonning bosqini paytida 140 ta askar o’ldirilgan.

Bu voqea yuqori lavozimda xizmat qilgan ba’zi oliy martabali shaxslarning iste’fosida sabab bo’lgan.

Bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu voqeadan so’ng, Afg’oniston Mudofaa vaziri Abdullah Habibiy bilan Harbiy bosh shtab raisi Kadem Shox Shahin o’z vazifasidan iste’fo etgan.

Ma’lumotga ko’ra, Afg’oniston Davlat rahbari Ashraf G’ani Mudofaa vaziri Abdullah Habibiy bilan Harbiy bosh shtab raisi Kadem Shox Shahinning iste’fosini qabul qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Mozori Sharif , #Tolibon , #bosqin , #iste'fo

Aloqador xabarlar