Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati binosida qurolli hujum...

Rossiyaning Xabarovsk viloyatida Federal xavfsizlik xizmati binosiga kirgan qurolli shaxs ikki kishini otib o'ldirdi.

717887
Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati binosida qurolli hujum...

Rossiyaning Xabarovsk viloyatida Federal xavfsizlik xizmati binosiga kirgan qurolli shaxs ikki kishini otib o'ldirdi.

O'ldirilganlardan biri u yerda ishlagan xodimlardan biri edi.

Bu voqea bugun tongi soatlarda Xitoy chegarasida joylashgan Xabarovsk viloyatidagi Federal xavfsizlik xizmati binosida ro'y bergan.

Rossiya mediasida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, kimligi noma'lum shaxs ish yuzasidan kelganlar kutib o'tiradigan koridorda Federal xavfsizlik xizmati xodimi bilan u yerda o'tirganlardan birini otib o'ldirgan.

Otishma paytida yana bir kishi yaralangan.

Tegishli vakillar ma'lum qilishicha, qurolli hujumni sodir qilgan shaxs voqea joyida otib o'ldirilgan.

 



Aloqador xabarlar