R.T. Erdo'g'an Donald Trump bilan suhbat o'tkazdi...

Prezident R.T. Erdo'g'an AQSh Prezidenti Donald Trump bilan bo'lib o'tgan suhbatidan keyin hamkorlik umidi tug'ilganini izohladi.

717575
R.T. Erdo'g'an Donald Trump bilan suhbat o'tkazdi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump bilan bo'lib o'tgan suhbatidan keyin hamkorlik umidi tug'ilganini izohladi.

A News televideniyaga muloqot bergan Erdo'g'an, Trump bilan 16-17 May kunlari orasida Washingtonda uchrashishini bildirdi.

FETO liderini Turkiyaga qaytarib berish mavzusida ham ijobiy havo bo'lganiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Pensivlaniyadan 170 o'lkani boshqarayapman degan odamning hisobini so'rash kerak" dedi.

Turkiyaning terrorga qarshi qat'iy kurash olib borganini ifoda etgan Erdo'g'an, 20 oy ichida tahminan 11 ming terroristning ta'sirsiz holga keltirilganini bildirdi.

Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi taranglikka to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, Ittifoqning durust harakat qilishi kerakligini izohladi. Erdo'g'an, kerak bo'lsa Turkiyada Yevropa Ittifoqi mavzusida bir referendum o'tkazilishini bildirdi.

Erdo'g'an, "54 yildan beri biz Yevropa Ittifoqi bilan yashamadik. Yevropa Ittifoqi bizni oyoqa turg'azmadi, so'ngi 14-15 yi ichida Turkiya 3 barobar rivojlandi. Turkiya o'ziga yetarli vaziyatda" dedi.

Yevropa Ittifoqini ikki yuzlamachilik bilan ayblagan Erdo'g'an, "Siz terroristlardan reportyor tashkil etib ulardan hisobot talab qilasiz. Biz buni qabul qilmaymiz va hozirgi kungacha qancha hisobot tayyorlangan bo'lsa hammasi ideologik va siyosiydir. Bu hisobotlar bilan Turkiyani mahkum etishga urindingiz endi bular bo'lamydi" dedi.



Aloqador xabarlar