Shvetsiya terakti:O’zbekistonlik Rahmat Oqilov o’z aybiga iqror bo’lgan

39 yoshda bo’lgan Rahmat Oqilov sudga bergan ifodasida o’g’irlangan yuk mashinasida tumonat odamning ustiga bostirib borganini tan olgan.

710425
Shvetsiya terakti:O’zbekistonlik Rahmat Oqilov o’z aybiga iqror bo’lgan

O’tgan hafta Shvetsiyaning poytaxti Stokholmda terrorchilik harakatini sodir qilganlikda ayblanib qo’lga olingan o’zbekistonlik Rahmat Oqilov o’z aybiga iqror bo’lgan.

39 yoshda bo’lgan Rahmat Oqilov bugun qattiq xavfsizlik nazorati ostida sudga olib kelingan.

U sudga bergan ifodasida o’g’irlangan yuk mashinasida tumonat odamning ustiga bostirib borganini tan olgan.

Oqilovning advokati Johan Eriksson matbuotga bergan intervyusida ayblanuvchi o’zbekistonlik Rahmat Oqilovning o’z aybini tan olganini tasdiqladi.

Ma’lum bo’lishicha, o’zbekistonlik Rahmat Oqilov 2014 yilda Shvetsiyada yashashga ruxsat olish maqsadida tegishli idoralarga murojaat qilgan.

Lekin, o'tgan yilning dekabr oyida unga rad javobi berilgan va qirollik hududini to'rt hafta ichida tark etish talab qilingan.

Shu sababli, Oqilov Shvetsiyada yashirincha yashab kelgan va deport bo’lmaslik uchun 4 oydan beri politsiyadan qochib yurgan.

So’ngra, u Shvetsiyada majburiy deportatsiya qilinish uchun qidiruvga berilgan.

Eslatma: 7 aprel juma kuni kunduzi mahalliy soat 15:00 atrofida yuk mashinasi haydovchisi “Drottninggatan” ko'chasida odamlarni bosib ketgan.

Yuk mashinasi 550 metr yurib borib, “Ahlens” savdo markazi binosiga borib urilgan. Ushbu terrorchilik harakati oqibatida 4 kishi halok bo'lgan.

Bulardan ikki nafari Shvetsiya fuqarosi, bir nafari Britaniya va bir nafari Belgiya fuqarosi bo’lgan.

Voqea joyida 15 kishi jarohat olgan.

Stokholmdagi terrorchilik harakati bo'yicha yana bir shaxs qamoqqa olingan.

Uning kimligi hozircha oshkor qilinmayotir.

 

 

 



Aloqador xabarlar