Gazprom, South Stream Transport shahobchasini Istanblda xizmatga qo'ydi
Gazprom, Turk Qqimi uchun Istanbulda South Stream Transport shahobchasini xizmatga qo'ydi.
Rus energiya shirkati Gazprom, Turk Qqimi uchun Istanbulda South Stream Transport shahobchasini xizmatga qo'ydi.
Gazprom rahbari Aleksey Miller, Turk Oqimi tabiiy gaz quvur tarmog'ining xizmatga o'tishi uchun, South Stream Tranport shirkatining bir shahobchasi Istanbulda ochilganini ma'lum qildi.
Miller, "Bu muhim bir qaror. Bundan keyin loyihaning dengizdagi bo'limining qurilishini boshlatish uchun shartlar mavjud" dedi.
Turk Oqimi loyihasi, Rus gazini Qora dengiz ostidan Turk turoqlariga bu yerdan esa Yunoniston ustidan Yevropaga yetkazishni nazarda tutmoqda.
Har biri 15 milliard 750 million kuba metr hajmi bo'lgan 4 tarmog'dan tashkil topgan Turk Oqimining 910 kilometrlik bo'limi Qora dengizdan o'tadi.
Quvur tarmog'ining tahmin etilgan hajmi yilda 63 milliard kubametr. Turkiya bu loyihadan yillik tahminan 14 milliard kuba metr tabiiy gaz olib va qolgan bo'limini 49 milliard kuba metr gazni Yevropaga eksport qilishni rejallalamoqda.