Rossiyada muxolif guruhlar Moskva va Sankt Peterburgda namoyish o’tkazdi

Faol Aleksey Navalniy tomonidan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning qonunbuzarlikka yo’l qo’ygani haqidagi iddaolari bo’yicha tayyorlangan hisobotdan so’ng, norozilik namoyishlari boshlandi.

699837
Rossiyada muxolif guruhlar Moskva va Sankt Peterburgda namoyish o’tkazdi

Rossiyada muxolif guruhlar Moskva va Sankt Peterburg kabi katta shaharlarda namoyish o’tkazdi.

Poytaxt Moskvadagi namoyishda 900dan ziyod kishi qo’lga olindi.

Faol Aleksey Navalniy tomonidan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning qonunbuzarlikka yo’l qo’ygani haqidagi iddaolari bo’yicha tayyorlangan hisobotdan so’ng, norozilik namoyishlari boshlandi.

Lekin, Moskva rahbariyati ushbu namoyishlarga rasmiy ravishda ruhsat bermadi.

Bunga qaramay boshlangan namoyishlar paytida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Namoyishchilar tushki soatlarda shahar markazidagi Tverskaya ko’chasi bilan Pushkin maydonida to’plana boshladi.

Namoyishga qatnashish maqsadida maydonga kelgan Navalniy esa, metro bekatida politsiya tomonidan qo’lga olindi va zo’ravonlik bilan avtobusga chiqarildi.

Namoyishchilar Navalniyni olib ketayotgan avtobusning oldini to’sishga va Navalniyni qutqarishga urindi.

Bunga qaramay, Navalniy politsiya boshqarmasiga olib ketildi.

Xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar o’rtasida vaqti-vaqti bilan urush-janjal kelib chiqdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, namoyishlarga taxminan 8000 kishi qatnashdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar