Abadiy: "Mosul DEAShdan qutqarilganidan keyin xalqaro koalitsiya kuchlarining soni kamaytiriladi".

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy ba’zi chet el ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitisya kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi, bu doiradagi Iroq-AQSh sherikligi haqida gapirdi.

694032
Abadiy: "Mosul DEAShdan qutqarilganidan keyin xalqaro koalitsiya kuchlarining soni kamaytiriladi".

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Iroqdagi Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi xalqaro koalitisya kuchlariga oid harbiylar sonining Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti ortidan kamayajagini ma’lum qildi.

Abadiy bu haqidagi ba’zi chet el ommaviy axborot vositalariga bergan ma’lumotida DEASh terror tashkilotining 2014-yilning 10-iyuni kuni Mosulni bosib olganidan keyin davr Bosh vaziri Nuriy al-Malikiyning Amerika Qo’shma Shtatlari kuchlarini Iroqga takror chaqirganligini eslatgan holda,

“Mavjud hukumat esa buni xalqaro miqyosga olib chiqdi. Bu orqali terrorizmga qarshi kurashni yana-da kuchaytirdik” dedi.

Shuningdek Iroqga yordam bermoqchi bo’lgan bir necha davlatga ham o’z darvozalarini ochganliklarini ifodalagan Abadiy,

“Mosul amaliyotida, ayniqsa Mosulning g’arbini qutqarish amaliyoti chog’ida harbiylar soni orttirildi. Amaliyot ortidan bu raqam kamaytiriladi” deya gapirdi.

Iroq Bosh vaziri Iroqda 5 ming nafar askari bo’lgan AQShdan, harbiy xizmatchilar bilan mahalliy politsiya xodimlarining yana-da yaxshi yetishtirilishini talab qildi.  

Xalqaro kolitsiya kuchlari bilan bo’lgan aloqalarining muvaffaqiyatli davom etayotganligiga e’tibor qaratgan Abadiy,

“Sherikligimiz natijasida DEASh bosh bo’lish bilan birga barcha terroristlarni yo’q qilishimiz kerak. Buning uchun ham razvedka borasida mushtarak faoliyat olib borishimiz darkor. Bizning logistik jihatdan ham yordamga ehtiyojimiz bor” dedi.

AQShga sayohat qilishi man etilgan 7 ta musulmon davlati ro’yhatidan Iroqning chiqarilishiga ham to’xtalgan Abadiy,

“Vashingtonga bormoqchimiz. Iroqning u ro’yhatdan chiqarilishi uchun qabul qilingan xususiy qaror yuzasidan Prezidentga minnatdorchilik bildiramiz” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar