Jenevadagi Suriya muzokarasida muxolifat, Asad rejimi bilan DEASh o’rtasidagi hamkorlikga to’xtaldi

BMT nazorati ostida uyushtirilgan Suriya muzokarasining to’rtinchi turi Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etar ekan harbiy muxolifat vakili Fatih Hassun, Bashar al-Asad rejimi bilan DEASh terror tashkiloti o’rtasidagi hamkorlikga e'tibor qaratdi.

680196
Jenevadagi Suriya muzokarasida muxolifat, Asad rejimi bilan DEASh o’rtasidagi hamkorlikga to’xtaldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazorati ostida uyushtirilgan Suriya muzokarasining to’rtinchi turi Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etmoqda.

Muxolifat hay’at rahbari Nasir al-Haririy, rejim hay’atining muzokalarning muvaffaqiyatsiz yakunlashi uchun ko’rsatgan say-harakatlariga qarshi siyosiy jarayonda maqsadga erishulgunga qadar uchrashuvlar olib borishdan voz kechmasliklarini bayon etdi.   

Nasir al-Haririy, uyushtirilgan matbuot anjumani chog’ida;

“Terrorizmga qarshi samarali kurash olib borishning ikkita yo’li bordir. Ulardan biri odilona siyosiy o’tish davri ikkinchisi esa, Eronning borligiga to’siqlik qilishdir” dedi.

Mistura taqdim etgan hujjatlarga ijobiy yondashganliklarini belgilab o’tgan Haririy;

“Hujjatdagi takliflarni qarab chiqishni davom ettirmoqdamiz. Bundan maqsadimiz siyosiy jarayonda ilgarilashtir” dedi.

Harbiy muxolifat vakili Fatih Hassun ham, kecha Humusda sodir etilgan portlashlarda ko’zlangan maqsadning, Bashar al-Asad rejimining sobiq Livan Bosh vaziri Haririy suiqasdining ayblanuvchirini yo’q qilish ekanligini aytdi.  

“Rossiya rejimni nazorat qilomayapti chunki rejim, Eronning nazorati ostida” degan Hassun, Bashar al-Asad rejimi bilan DEASh terror tashkiloti o’rtasidagi hamkorlikga ham e’tibor qaratdi.  

Hassun, “Rejim bilan DEASh terror tashkilotining hamkorlik qilganligiga oid hujjatlar mavjud. Ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshiramiz” dedi.

Rejim hay’ati rahbari Bashar Jafariy esa Mistura bilan bo’lgan uchrashuvi chog’ida ko’proq, terror tashkilotiga qarshi kurash masalasini qo’lga olganliklarini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar