Al-Bob qutqarildi lekin shaharni minalardan tozalash jarayonida 12 askar tan jarohati oldi

Suriyaning al-Bob shahrini minalardan tozalash chog’ida portlashlar yuz berib, oqibatida 12 askar tan jarohati oldi.

680223
Al-Bob qutqarildi lekin shaharni minalardan tozalash jarayonida 12 askar tan jarohati oldi

Terroristlardan qutqarilgan Suriyaning al-Bob shahrini minalardan tozalash chog’ida yuz bergan portlash oqibatida tan jarohati olgan 12 nafar Erkin Suriya armiyasi askarlari Turkiyaning Kilis viloyatida davolanmoqda.

Suriyaning shimolini terroristlardan qutqairsh maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turkiyaning rahbarligida boshlatilgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida nazorat ostiga olingan al-Bob shahrini, mina va qo’lda yasalgan bombalardan tozalash faoliyati chog’ida portlashlar yuz berdi.

Ushbu portlashlar oqibatida 12 nafar Erkin Suriya armiyasi askari tan jarohati oldi.

Tez yordam mashinalari orqali Suriya-Turkiya chegarasidagi Chobanbey evakuatsiya nuqtasiga olib kelingan yaradorlar, Turkiyanin Kilis viloyat kasalxonasiga yotkizildi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #al-Bob , #Erkin Suriya armiyasi

Aloqador xabarlar