Pokistonning Charsadda tumanida kuchli portlash sodir bo’ldi

Tuman sudiga nisbatan sodir qilingan hujumda 4 kishi halok bo’lgan,10 kishi yaralangan.

676774
Pokistonning Charsadda tumanida kuchli portlash sodir bo’ldi

Pokistonning Charsadda tumanida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Tuman sudiga nisbatan sodir qilingan hujumda 4 kishi halok bo’lgan,10 kishi yaralangan.

Halok bo’lganlar orasida bir advokatning ham borligi aytilmoqda.

Xavfsizlik manbalari ma’lum qilishicha, uchta xudkush bombachi sud binosiga kirib kelayotgan paytda xavfsizlik xodimlari tomonidan payqab qolingan.

So’ngra, atrofga qarata o’q uza boshlagan terroristlardan biri bino eshigida otib o’ldirilgan.

Ikkinchi terrorist esa, binoga kirishi bilan o’ldirilgan.

Uchinchi terrorist voqea joyida yonidagi bombani portlatib yuborgan va portlash oqibatida 4 kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangan.

Yaradorlar shifoxonaga olib ketilgan va tumanda nazorat kuchaytirilgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Charsadda , #sud , #terrorist , #sud binosi , #portlash

Aloqador xabarlar